Yekaterinburgda gubernatorga hujum uyushtirildi
✍️ Yekaterinburgda gubernatorning oldiga yugurib kelgan odam xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olindi.
📍Hodisa “Yekaterinburg Arena” yaqinida, bugun 1-may mitingidan oldin sodir bo‘ldi. Sverdlovsk viloyati gubernatori Denis Pasler shahar aholisi bilan suratga tushayotgan edi.
O‘sha paytda bir kishi uning oldiga yugurib kelgan, ammo gubernator xavfsizlik xizmati uni kuch bilan to‘xtatib orqaga olib ketdi. Gubernator hodisaga e’tibor ham bermay yo‘lida davom etgan. Erkakning niyati nima bo‘lganligi noma’lum. OAV xabarlariga ko‘ra, u gubernatorga hujum qilishga uringan emish.
"Erkak aniqlik kiritish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi. Hech kim jabrlanmadi", deb xabar bergan gubernatorning axborot bo‘limi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!