Пост канала «Migrant.uz - Vatandosh ROSSIYA» от 16.06.2026
💬 Ukraina telegram kanallari Moskvadagi Kapotnya neftni qayta ishlash zavodi dron hujumidan keyin yong‘in chiqqanini da’vo qilmoqda.
📄 Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtga hujum qilgan dronlardan biri Moskva neftni qayta ishlash zavodiga zarar yetkazganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
📊 Kapotnya neftni qayta ishlash zavodi may oyining o‘rtalarida ham hujumga uchragan edi. Reuters manbalariga ko‘ra, zavod xavfsizlik nuqtai nazaridan faoliyatini to‘xtatgan.
Bundan tashqari, Moskva viloyati Elektrostal shahridagi turar-joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi — Severniy mikrorayonidagi yuqori qavatdagi kvartira yonmoqda. Yong‘in sababi hali noma’lum. Yong‘inning Moskvaga dron hujumi bilan bog‘liqligi haqida rasmiy bayonot yo‘q.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!