𝗞𝘂𝗿𝗴𝗮𝗻𝗱𝗮 𝗺𝗶𝗴𝗿𝗮𝗻𝘁𝗹𝗮𝗿 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝘁𝗮𝗾𝗶𝗾𝗹𝗮𝗻𝗴𝗮𝗻 𝗸𝗮𝘀𝗯𝗹𝗮𝗿 𝟳𝟬 𝘁𝗮𝗴𝗮 𝗼𝘀𝗵𝗱𝗶 Oʻzgarishlar haqidagi qarorni Kurgan viloyati gubernatori Vadim Shumkov imzoladi.
Oʻzgarishlar haqidagi qarorni Kurgan viloyati gubernatori Vadim Shumkov imzoladi.
Ushbu hujjat kompaniyalarga patent asosida ishlaydigan chet elliklarni ishga yollashni taqiqlaydi. Ilgari bunday cheklovlar faqat iqtisodiy faoliyatning 9 turi uchun amal qilar edi. Endi bu roʻyxat 70 tagacha koʻpaytirildi.
Taqiq ostiga oʻnlab turli sohalar tushdi. Patentga ega boʻlgan migrantlarga endi foydali qazilmalarni qazib olishda, shuningdek, oziq ovqat mahsulotlari, kiyimlar va dorilar ishlab chiqarishda ishlash mumkin emas. Cheklovlar qurilish, savdo, transport, aloqa va IT sohalarida amal qiladi. Taqiq shuningdek tibbiyot, ta'lim, madaniyat, sport va umumiy ovqatlanish sohalariga ham tegishli.
Kurgan viloyati ish beruvchilari bunday xodimlarni 2026-yil 31-iyulgacha ishdan boʻshatishlari kerak. Gubernator qarori u rasmiy ravishda e'lon qilingan kundanoq darhol kuchga kiradi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!