"Boshqa kelmayman" – Volgograddan migrantlar chiqarib yuborildi Kecha, 1-aprel kuni Volgograddan 10 nafar xorijiy fuqar
Kecha, 1-aprel kuni Volgograddan 10 nafar xorijiy fuqaro – O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolari chiqarib yuborildi. Ular FSSP xodimlari kuzatuvi ostida samolyotda uylariga jo‘natildi.
Ilgari ba’zi huquqbuzarlar familiyasi va hujjatlarini o‘zgartirib, Rossiyaga qaytishga urinib ko‘rishar edi. Bu sxemalar endi amalda samarasiz: chegarada barmoq izlari va yuzni aniqlash tizimi joriy etilgan.
Ketayotgan migrantlarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ko‘pchiligi Rossiyaga qaytishni rejalashtirmayapti.
2026-yil boshidan beri sud ijrochilari 172 nafar chet el fuqarosini deportatsiya qilgan. Ularning barchasi Rossiyaga kirish yoki yashash qoidalarini buzgan va hujjatsiz ishlagan.
A'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz