Migrant taksichi Moskvada pedofiliyada ayblandi: video yozuv najot
Moskvada migrant taksi haydovchisi mahalliy ayol tomonidan pedofiliyada ayblandi.
Gap shundaki, Umarbek ismli haydovchi 8 yoshli voyaga yetmagan qizi bilan o‘tirgan ayolni manzilga olib borib tashlashdan bosh tortadi va maxsus bolalar o‘rindig‘i bilan jihozlangan takschi chaqirishi kerakligini aytadi. Bunga javoban ayol haydovchini “terrorchilar”, “o‘zbeklar”, “narkoman”, “bariga” deb haqorat qiladi.
Millatchi ayol taksidan tushib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, taksichi bolaga xavf solayotgani haqida xabar beradi. Ajablanarlisi, 8 yoshli qiz ham ko‘chada polisiya chaqirishlarini aytib, baqirgani eshitiladi.
Taksi haydovchisi hushyorlik bilan bu holatni videoga olib turgan edi, ayol esa unga tashlanib, videoni o‘chirishni talab qildi.
Denis Voronkov ismli mahalliy bloger o‘z blogida e’lon qilingan videoda haydovchilarni tuhmatchi yo‘lovchilardan ehtiyot bo‘lishga chaqirarkan, “Moskva o‘z “qahramonlari”ni tanib olsin”, deydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Umarbek polisiyaga videoni ko‘rsatgan, aybsizligini isbotlagan va haqorat qilgani, yolg‘on chaqiruvi va millatlararo nizo qo‘zg‘ani uchun ayolning ustidan ariza yozib bergan.
Migrant holatni videoga yozib olmaganda, o‘z aybsizligini isbotlay olgan bo‘larmidi?! Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!