Rostovda navbatsiz patent 15 ming rubl: muhojirlar shikoyati
«Rostov oblastidagi patent olish joyiga ertalab soat 5:00 da bordim. Odam 115 tadan ortiq edi. O‘zimiz ro‘yxat qildik, 200 dan ortiq odam bo‘ldi. Soat 9:00 da ish faoliyatini boshladi, ko‘chada kutdik.
Kuni bo‘yi 67 ta borgan insonga patent berdi. Bundan tashqari 15 tacha «gos usluga"dan navbat olganlar. Yana firma orqali kelganlar «razresheniya rabota bizniki» deb 30 tacha odam oldi patent.
Soat 18:00 gacha ishlashdi. Men patent ololmadim, navbat yetmadi. Uch kunlab odamlar olisholmayapti. Shikoyatim: xodimlar sust va sekin ishlayapti. Navbat beruvchi terminallar yo‘q, o‘tirishga sharoit yo‘q. Korrupsiya orqa «povorot”dan odam boshiga 15 ming rubldan olib, navbatsiz berishyapti.
Rostov oblastidagi O‘zbekiston elchixonasidan amaliy yordam kutib qolamiz».
Bir guruh muhojirlar nomidan murojaat
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!