Rossiyada migrantlar uchun bojlar keskin oshirilmoqda
Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari keskin oshirilishi mumkin. Hukumat allaqachon Moliya vazirligining taklifini qo‘llab-quvvatladi; ba’zi hollarda to‘lovlar deyarli 12 baravarga oshadi.
Manbalarga ko‘ra, hukumatning qonunchilik qo‘mitasi qonun loyihasini ma’qullagan. Endi u batafsil ko‘rib chiqiladi.
Agar qonun qabul qilinsa, to‘lovlar quyidagicha o‘zgaradi:
• Rossiya fuqaroligini olish yoki undan chiqish — 4200 o‘rniga 50 000 rubl
• Kirish taklifnomasi — har bir kishi uchun 960 o‘rniga 8000 rubl
• Oddiy viza — 1200 o‘rniga 2000 rubl
• Ko‘p martalik kirish vizasi — 1920 o‘rniga 6000 rubl
• Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (РВП) — 1920 o‘rniga 15 000
• Yashash ruxsatnomasi (ВНЖ) — 6000 o‘rniga 30 000
• Chet ellik talabalar uchun ruxsatnoma — 1920 o‘rniga 8000
• Chet ellik ishchilarni yollash uchun ruxsatnoma — 12000 o‘rniga 15 000
Shuningdek, vaqtinchalik yashash hujjatlarini yo‘qotib qo‘ysangiz yoki ishdan chiqarsangiz, 5000 rubl miqdorida yangi jarima joriy etilishini mumkin.
Agar qonun kuchga kirsa, hujjatlarni rasmiylashtirish ancha qimmatga tushadi.
Fuqarolik ayniqsa qimmatga tushadi — deyarli 12 baravar. Bu shuni anglatadiki, hujjatlarga ariza berishni rejalashtirayotganlar xarajatlarni oldindan hisoblashlari kerak bo‘ladi.
Qonun loyihasi hali yakuniy emas, ammo u allaqachon qo‘llab-quvvatlandi, bu esa uning qabul qilinishi ehtimolini oshiradi.