Moliyaviy piramidalar: tez boyish illyuziyasi va 5 xavfli signal
"Kamroq mehnat qilib, ko‘proq pul topishni xohlaysizmi? Hech qanday xavf yo‘q, faqat pul tikasiz va foyda olasiz!” — bu gaplar sizga ham tanishmi?
MUAMMO VA ILLYUZIYA
Aslida, bu usti yaltiroq, ichi qaltiroq yolg‘on! Moliyaviy piramidalar iqtisodiy faoliyat emas, balki pulni bir cho‘ntakdan boshqasiga o‘tkazish sxemasidir. Sizga berilayotgan “foyda” sizdan keyin kelgan odamning puli!"
📝 5 TA XAVFLI SIGNAL
Xorijiy kompaniya: “Biz chet elnikimiz” deb ishonishingizni xohlashadi.
Aql bovar qilmas foizlar: Banklar 20-24% bersa, bular 100% va’da qiladi.
Mehnatsiz daromad: “Uyda o‘tirib boyib ketasiz” deyishadi.
“Hech qanday bilim kerakmas”: Na ta’lim, na tajriba talab qilinadi.
“Halol” niqobi: Ishonchingizga kirish uchun diniy yoki axloqiy so‘zlardan foydalanishadi.
📇 Eng alam qiladigani, piramida qulaganda nafaqat o‘z pulingizni, balki siz taklif qilgan yaqinlaringizning pulini ham yo‘qotasiz.
Eslab qoling, O‘zbekistonda moliyaviy piramida tashkil qilish uchun jinoiy javobgarlik bor (JK: 188¹-modda. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat)
⚠️ Agar aldanib qolgan bo‘lsangiz, darhol 102 raqamiga murojaat qiling!
❗️ Xulosa bitta: kimdir tez boyishi uchun boshqalar albatta yutqazishi kerak. Pulingizni va ishonchingizni asrang!
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!