𝗜𝗸𝗸𝗶 𝗺𝗶𝗴𝗿𝗮𝗻𝘁𝗻𝗶 𝗶𝘀𝗵𝗴𝗮 𝘆𝗼𝗹𝗹𝗮𝗴𝗮𝗻 𝘀𝗵𝗮𝘅𝘀 𝘆𝗮𝗿𝗶𝗺 𝗺𝗶𝗹𝗹𝗶𝗼𝗻 𝗷𝗮𝗿𝗶𝗺𝗮 𝘁𝗼‘𝗹𝗮𝘆𝗱𝗶 Samaralik fuqaro chet el fuqarolarini noqonuniy yollagani uchun 500 000 rubl to‘layd…
Samaralik fuqaro chet el fuqarolarini noqonuniy yollagani uchun 500 000 rubl to‘laydi. Qoidabuzarliklar Rossiya Ichki ishlar vazirligi Samara viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasining Migratsiya departamenti xodimlari tomonidan yuridik shaxsni rejadan tashqari tekshirish paytida aniqlandi.
Ish beruvchiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining 18.15-moddasi 1-qismi — Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni noqonuniy yollash bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar qo‘zg‘atildi. Ish materiallari Samara shahrining Kuybishev tuman sudiga yuborildi.
Ma’muriy ishni ko‘rib chiqqandan so‘ng, sud ish beruvchini aybdor deb topdi va jami 500 000 rubl miqdorida jarima soldi.