«Arzon chiptalar» hiylasi: firibgarlardan saqlanish yo‘llari
💬 Arzon aviabilet qidirib, bor-budingizdan ayrilib qolishingiz mumkinligini bilarmidingiz? Firibgarlar ko‘pincha migrantlarning shoshilinch vaziyatidan va huquqiy bilimlarining kamligidan ustalik bilan foydalanishadi.
Ular asosan Telegram guruhlarida o‘zlarini «sotuvchi» deb tanishtirib, «faqat bugun arzon» yoki «oxirgi bilet qoldi» degan psixologik bosim ostida sizni pul o‘tkazishga majburlashadi.
⚠️ Esda tuting, rasmiy chek bermasdan, pulni shaxsiy kartadan-kartaga o‘tkazishni talab qilish firibgarlikning aniq belgisidir.
✍️ Himoyalanish qoidalari
❓ O‘zingizni qanday himoya qilasiz?
Birinchidan, biletlarni faqat aviakompaniyalarning rasmiy saytlari yoki lisenziyalangan agentliklardan oling.
Ikkinchidan, shubhali arzon narxlarga uchmang! Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi.
Uchinchidan, shaharlararo qatnash uchun shaxsiy haydovchilarga oldindan pul o‘tkazmang, yaxshisi narxi va haydovchisi aniq bo‘lgan rasmiy taksi agregatorlaridan foydalaning.
❓ Agar aldansangiz, nima qilish kerak?
Agar firibgarlar tuzog‘iga tushgan bo‘lsangiz, vaqtni boy bermay 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki polisiyaga borib ariza yozing. Arizangiz qabul qilingach, albatta «talon» (tasdiqnoma) talab qiling. Hattoki, Rossiyada migratsiya hujjatlaringiz joyida bo‘lmasa ham, polisiya sizning firibgarlik haqidagi arizangizni qabul qilishga majbur.
Agar politsiya yordam bermasa, yuqori rahbariyat yoki prokuraturaga murojaat qiling. Firibgarlar sizning jim yurishingizdan manfaatdor. Jim bo‘lmang, huquqingizni himoya qiling!
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!
@migrantuz