Latviyadan kelgan ish beruvchilar Toshkentda nomzodlarni saralamoqda Getwork xususiy bandlik agentligi bugun xorijga ishga jo‘natish bo‘yicha amaliy t…
Getwork xususiy bandlik agentligi bugun xorijga ishga jo‘natish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan muassasalardan biridir. Bu gal Latviyadan kelgan ish beruvchilar o‘zbekistonlik nomzodlar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazdi. Bu safar orzularni rezyume emas, jonli muloqot hal qilmoqda.
Biz ish beruvchilar, bandlik agentligi mutaxassislari va suhbatda qatnashgan nomzodlar bilan ham gaplashdik. Ularning aytishicha, bunday format ishga qabul qilish jarayonini ancha tez va samarali qiladi.
Jarayon juda shaffof va amaliy: ish beruvchilar nomzodlarning tajribasi, ko‘nikmalari va tayyorgarligini joyida baholamoqda. Eng muhimi, bu yerda tanlov qog‘ozda emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali amalga oshmoqda.
Bugungi suhbat jarayoni o‘zbekistonliklar uchun faqat ish topish emas, balki Yevropa mehnat bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni hamdir.
To'liq video Migrant.uz Youtube, VK va Rutube kanallarida
📱 Youtube - https://youtu.be/56e_pl47K_E
📱 Vkontakte - https://vkvideo.ru/video-146921395_456241426
💙 Rutube - https://rutube.ru/video/private/3592850876ab449e10a3d395f73ad74c/?p=7z6UyfhUAUIl5yzhCTs2SQ
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
📲 https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!