🚨 Noqonuniy migrantlarga yordam bergan buryatiyalik qamaldi 📝 Ulan-Ude shahridagi sud chet elliklarni Rossiyaga noqonuniy olib kirish sxemasini tashki…
📝 Ulan-Ude shahridagi sud chet elliklarni Rossiyaga noqonuniy olib kirish sxemasini tashkil qilgan tadbirkorni aybdor deb topildi.
✍️ Buryatiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) ma’lumotlariga ko‘ra, biznesmen o‘z xizmat lavozimini suiiste’mol qilib, chet el fuqarolari uchun soxta hujjatlar bergan. Hujjatlarda kirish maqsadi va qabul qiluvchi tashkilotning kafolatlari haqida yolg‘on ma’lumotlar bo‘lgan.
📇 Ushbu hujjatlar yordamida 60 nafar Xitoy fuqarosining noqonuniy kirishiga yordam bergan. Bundan tashqari, yana 26 nafar chet ellikning kirishi uchun sharoitlar yaratilgan.
👮♀️ Noqonuniy sxema FSB xodimlari tomonidan tezkor tergov davomida fosh etilgan.
📊 Ulan-Ude shahrining Jeleznodorojniy tuman sudi biznesmenni uch yilga ozodlikdan mahrum qildi. U jazosini umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Sud unga 400 000 rubl miqdorida jarima ham solgan.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!
@migrantuz