Qalbaki hujjat beruvchilarga aldanmaslik yo‘llari 📉 Rossiyada yillar davomida qilgan mehnatingiz bir soniyada kuyishi mumkin, agar hujjatingiz soxta b…
📉 Rossiyada yillar davomida qilgan mehnatingiz bir soniyada kuyishi mumkin, agar hujjatingiz soxta bo‘lsa! 2025 yilda migrantlar orasida qalbaki hujjatlar bo‘yicha jinoyatlar 42 foizga oshdi. 150 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlangan va 20 ming kishi deportatsiya qilingan.
💵 "Arzon qilib beraman", "Bazada chiqadi" degan va’dalarga ishonmang! Firibgarlar odatda o‘zlarini huquqshunos yoki ishonchli kompaniya vakili deb tanishtiradi. Lekin qalbaki hujjatning umri birinchi tekshiruvgacha!. Eng yomoni, endi qalbaki hujjat tayyorlaganlarga 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
🛡 Qanday himoyalanish kerak?
Firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik uchun:
Ro‘yxatdan o‘tish (registratsiya): Moskvada faqat onlayn ilova orqali qilinadi, buni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.
Patent: Faqat migratsiya markazida shaxsan olinadi. Agar kimdir sizga tayyor patent olib kelsa, bilingki, u qalbaki!.
Xostellar: Xostel yoki yotoqxonada turish sizga bepul va qonuniy registratsiya olish imkonini beradi.
📝 Agar hujjatingiz qalbakiligini bilib qolsangiz, politsiya sizni ushlashidan oldin o‘zingiz ariza bilan murojaat qiling. Shunda siz javobgarlikdan ozod qilinishingiz mumkin. Ariza berish sizni deportatsiya qilish xavfini ko‘paytirmaydi, aksincha, qonuniy yo‘lga qaytishga yordam beradi.
⚠️ Vaqt va pulingizni tejayman deb, hayotingizni xavfga qo‘ymang, qonuniy yo‘lni tanlang!
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!