"Bo‘yningizga kredit ilib qo‘yishmasin!
Rossiyada ishlab yurgan vatandoshlar, diqqat! Nomingizga siz bexabar millionlab rubl kredit rasmiylashtirib qo‘yishlarini xohlamasangiz, bu matnni oxirigacha o‘qing!
‼️ Xo‘sh, qanday yo‘llar bilan sizni qarz qilishlari mumkin?
👑 Birinchisi, sim-karta va "Zolotaya Korona" ilovasi:
Eng katta xato — sim-kartani birovga berish yoki tashlab ketish. Manbalarga ko‘ra, "Zolotaya Korona" ilovasi orqali hech qanday hujjatsiz, shunchaki sms-kod bilan nomingizga kredit olish mumkin.
Hatto tanishingiz ham bilmasdan sizni katta qarzga tiqishi mumkin. Hech qachon sms-kodni begonalarga aytmang!
💳 Ikkinchisi, "halol" kredit va soxta qo‘ng‘iroqlar:
Firibgarlar endi diniy tuyg‘ulardan ham foydalanishmoqda. Ular o‘zlarini "Islomiy halol bank" xodimi deb tanishtirib, past foizli qarz va’da qilishadi.
Aslida esa maqsad sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish. Esingizda bo‘lsin, bank xodimi hech qachon sizdan maxfiy kodni so‘ramaydi!
💬 Uchinchisi, "adashib tushgan" pullar
Kartingizga kutilmaganda pul tushdimi? Kimdir qo‘ng‘iroq qilib: "Adashibman, pulimni qaytaring", deyaptimi? Shoshilmang!
Bu pul yuvish sxemasi bo‘lishi mumkin. Siz pulni qaytarganingizdan so‘ng, bank hisobingizni bloklab qo‘yadi va jinoyatga sherik deb gumon qilishi mumkin. Bunday holda faqat bank orqali rasmiy hal qiling.
❗️ Agar aldanib qolgan bo‘lsangiz, qo‘rqmang va jim yurmang! Huquqingizni talab qiling. O‘zbekiston elchixonasi yoki Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qiling! Til bilmasangiz, advokat yollang! Faqat jinoiy ish ochilgandagina noqonuniy qarzlarni yopish mumkin.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!