𝗥𝗼𝘀𝘀𝗶𝘆𝗮𝗹𝗶𝗸 𝗵𝗮𝘆𝗱𝗼𝘃𝗰𝗵𝗶𝗹𝗮𝗿 𝗸𝗶𝗺𝗱𝗮𝗻 𝗯𝗲𝘇𝗼𝗿?
Rossiya yoʻllarida haydovchilarga kim eng koʻp xalaqit berishi ma'lum boʻldi. «Drom» sayti yoʻl harakatning eng yoqimsiz ishtirokchisini topish uchun tadqiqot oʻtkazdi.
Birinchi oʻrinni elektr samokat minganlar boʻldi. Ular boshqa haydovchilarga qaraganda 2 baravar koʻp ovoz olishdi. Bu roʻyxatda ikkinchi oʻrinda mototsiklchilar turibdi. Uchinchi oʻrinda velosipedchilar joylashgan. Ular mototsiklchilardan uch baravar kam ovoz olgan. Samokatchilardan eng bezor boʻlganlar Leningrad viloyati va Perm oʻlkasidagilar. Mototsiklchilarni Xanti-Mansi avtonom okrugi va Xakasiyada koʻproq yomon koʻrishadi. Velosipedchilar Yakutiya va Leningrad viloyatidagi haydovchilarning koʻproq gʻashini keltiradi.
Salbiy munosabatning asosiy sababi — yoʻl harakati qoidalarining buzilishidir. Haydovchilar samokat minganlarni oʻsmirlarni oʻz-oʻzini asrash tuygʻusi yoʻqligi uchun yoqtirmaydi. Ularga shuningdek, sekin yuradigan velosipedchilar va qatorlar orasida hamda ajratuvchi chiziqlar boʻylab harakatlanuvchi tajovuzkor mototsiklchilar yoqmaydi.
Shu bilan birga, avtomobilchilar haqiqiy baykerlarni hurmat qiladi. Bunday baykerlar oqimda xotirjam yurishadi, normal glushitellarga ega va doimo burilish signallarini yoqishadi. Elektr samokatlardagi odamlarni eng savodsiz haydovchilar deb atashdi. Ular goh piyodalar orasida keskin harakat qilsa, goh bir tomonlama koʻchalarda oqimga qarshi yuradi.
Shuningdek, ular hovlilardan chiqishda mashinalarga e'tibor bermaydi. Ularning haydovchilik guvohnomalari yoʻq va ular ustidan hech qanday nazorat mavjud emas. Haydovchilar tez-tez xavfli avariya holatlarini keltirib chiqaruvchi moped va pitbayklardagi oʻsmirlardan shikoyat qiladi.
Milliy avtomobilchilar ittifoqi eksperti Anton Shaparinning fikricha, chakana xaridorlar va sotuvchilar uchun chet eldan elektr samokatlar olib kirishni taqiqlash kerak. U bunday qurilmalar importi bilan faqat ijara kompaniyalari shugʻullanishi kerak, deb ta'kidlagan.