🔴 "Eshiklarni tepib ochishdi": xostel itlar bilan tekshirildi 📇 Politsiya xodimlari tong otganda Kurortniy rayonidagi xostelni tekshirish uchun yetib …
📇 Politsiya xodimlari tong otganda Kurortniy rayonidagi xostelni tekshirish uchun yetib keldi.
Sankt-Peterburg politsiyasi migratsiya qonunlariga rioya qilinishini tekshirish uchun Repino qishlog‘ida keng ko‘lamli profilaktik reyd o‘tkazdi. Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Lugovaya ko‘chasidagi xostel huquqni muhofaza qilish organlarining diqqat markazida bo‘lgan.
Reydda Bosh boshqarmaning bir nechta bo‘linmalari, jumladan, Migratsiya xizmati, Maxsus polk va xizmat itlari bilan kinologlar ishtirok etishdi, deb xabar bergan politsiya katta inspektori Maksim Smirnov.
🇷🇺 "Eshikni oching, politsiya!" degan baqir-chaqirlardan so‘ng, ba’zilari eshikni tez ochgan. Uxlab qolib eshitmaganlarning eshigi politsiyachilar tomonidan tepib, buzib ochilgan. "Bunday holatlarda polisiya qat’iyatliroq harakat qilishi kerak - ular kirishni ta’minlash va zarur choralarni ko‘rish uchun eshiklarni tepib ochishdi", deb xabar bergan politsiya.
📇 Reyd davomida politsiya 250 dan ortiq migrantlarning hujjatlarini tekshirdi. Xostelda yashovchilarning aksariyati shubha uyg‘otmagan, ammo qoidabuzarliklar ham topildi. Bir necha kishi shaxsini aniqlash uchun bo‘limga olib ketildi va migratsiya qoidalarini buzgan uch kishiga Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy huquqbuzarliklar kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jarima solindi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!
@migrantuz