𝗢𝗱𝗶𝗻𝘁𝘀𝗼𝘃𝗼𝗱𝗮 𝗵𝗮𝘆𝗶𝘁 𝗮𝗿𝗮𝗳𝗮𝘀𝗶𝗱𝗮 𝗿𝗲𝘆𝗱𝗹𝗮𝗿 𝗼ʻ𝘁𝗸𝗮𝘇𝗶𝗹𝗱𝗶 Podmoskovedagi Odintsovo shahrida politsiyaning «Antikriminal» nomli maxsus reydi boʻlib oʻtdi.
Podmoskovedagi Odintsovo shahrida politsiyaning «Antikriminal» nomli maxsus reydi boʻlib oʻtdi. Tekshiruvlar qurilish ob'ektlarida va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida oʻtkazildi.
Ushbu tadbir davomida deyarli 300 nafar noqonuniy migrant aniqlandi. Politsiya Rossiyada boʻlish qoidalarini buzgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan 277 nafar migrantni aniqladi. Bu haqda viloyat IIV boshqarmasi matbuot xizmati boshligʻi Tatyana Petrova ma'lum qilmoqda.
Qoidabuzarlarga nisbatan 298 ta ma'muriy bayonnoma tuzilgan. RF KoAPning 18.8 moddasi boʻyicha boʻlish rejimini buzganlik uchun 269 ta bayonnoma rasmiylashtirildi. Yana 25 ta bayonnoma RF KoAPning 18.10 moddasi boʻyicha noqonuniy mehnat faoliyati uchun tuzildi.
Shuningdek, ma'muriy qonunchilik ijrosidan boʻyin tovlaganlik uchun RF KoAPning 20.25 moddasi 3 qismi boʻyicha 4 ta bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ayrim chet el fuqarolari bir vaqtning oʻzida bir nechta moddalar boʻyicha javobgarlikka tortilgan. Har bir qoidabuzar keyinchalik Rossiya hududidan tashqariga chiqarib yuborish bilan 5 ming rubldan boshlanadigan miqdorda jarima toʻlaydi. Hozirda politsiya xodimlari ushbu migrantlarni noqonuniy ravishda ishga yollagan ish beruvchilarni qidirmoqda.