3 kishini 13 yil qullikda ushlagan shaxs qoʻlga tushdi
💬 Murmansk viloyatida yashovchi 57 yoshli fuqaro odamlarni qullikda ushlab turgani uchun 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi mumkin.
📊 Tergov ma'lumotlariga koʻra, 2012-yildan 2025-yilgacha ayblanuvchi va uning sherigi kuch ishlatib uch kishini metall bazasida ishlashga majbur qilgan. Ular odamlarni naqd 13 yil davomida tutqunlikda ushlab turishgan. Ishchilarni shafqatsizlarcha kaltaklashgan, yertoʻlaga qamab qoʻyishgan va mavjud boʻlmagan qarzlar toʻgʻrisida tilxatlar yozishga majburlashgan. Agar ular qochishga urinishsa, ularni topib, kaltaklashgan va bazaga qaytarishgan. Ayblanuvchining sherigi sudgacha vafot etgan, shu sababli qonun oldida faqatgina bir nafar 57 yoshli murmansklik javob beradi.
Shunga oʻxshash holat avvalroq Saxada ham sodir boʻlgan edi. U yerda sud fermada qullik mehnatidan foydalangani uchun tadbirkor va uning otasini qamoq jazosiga hukm qildi. Tutqunlar dam olish kunlarisiz bepul ishlashgan, hammom va molxonada yashashgan hamda tibbiy yordam olmagan. Xoʻjayinlar ishchilarni muntazam ravishda kaltaklashgan, jabrlanuvchilardan birini esa kishan va zanjir bilan bogʻlab qoʻyishgan.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!