Карта иностранного гражданина: назначение и использование
Savol:
Patentim bilan birga menga «Карта иностранного гражданина» yozuvi bor qizil karta berildi. U nima uchun kerak?
Javob:
Ushbu karta chet el fuqarosi «Миграционный центр» davlat byudjet muassasasida kerakli proseduralarni bajarganligini tasdiqlaydi.
Shuningdek, u «Amina» mobil ilovasida avtorizatsiya qilish uchun ham kerak.
Kartadan «Troyka» tariflarida yo‘l haqini to‘lash uchun ham foydalanish mumkin. Siz unga yo‘l chiptalari va abonementlarni yozishingiz, balansingizni to‘ldirishingiz va yo‘l haqini to‘lashingiz mumkin.
Karta amal qiladigan joylar:
• Moskva metrosida;
• MЦKda (Moskva markaziy halqasi);
• MЦДda (Moskva markaziy diametrlari);
• Moskva yer usti jamoat transportida;
• shahar atrofidagi poyezdlarda (ekspress poyezdlardan tashqari);
• Moskva viloyatidagi yer usti transportida.
Shuning uchun, ushbu kartani tashlab yubormang yoki yo‘qotmang — u raqamli xizmatlardan foydalanish uchun ham, yo‘l haqini to‘lash uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.