Oltoyda hujjatlari olib qo‘yilgan migrant yordam so‘ramoqda
Tahririyatimiz manziliga murojaat yo‘llagan andijonlik yurtdoshimiz mutasaddi idoralardan sayt orqali yordam so‘ramoqda.
«Men O‘zbekiston fuqarosi Ahmadaliyev Alisherman. Bir tanishim orqali Oltoyning Biysk shahrida ish borligini eshitdim. Shahardagi porox zavodi qurilishiga «Iks» firmasiga keldim. Meni firma mashinasi Astanadan olib keldi va kelgan zahoti pasport va migratsiya varog‘imni olib qo‘ydi va qurilish maydonidan chiqish mumkin emasligini aytdi. «Nega» desam «Bu yer davlat siri, maxfiy obyekt» dedi.
Men 10 kun ishlab ketishimni aytsam, menga 6 oy ishlashim kerakligini, bo‘lmasa, katta mikdorda shtraf to‘lashimni aytib, tahdid kildi va meni urishgacha bordi.
Shunga rozi bo‘lib ishlayotganlar ham bor. Bilishimcha, bu firmada 3000 dan ortiq migrant ishlaydi. Barchasining hujjatlarini olib koygan. Sababi «maxfiy hudud». Biz tanigan firma rahbari tojik, uning qo‘lida ishlaydiganlar ham tojikistonliklar.
«Yordam so‘rasang ham, hech kim yordam bera olmaydi», dedi. Bu yerda ishlaydiganlardan so‘rasam, ishlab aytgan pulini bermagunimcha qo‘yib yubormasligini aytyapti, elchixona ham yordam berolmaydi, deyapti.
Novosibirskdagi elchixonaga aytsam, aloqaga chiqishadi, deyishdi, ammo hali ham darak yo‘q.
Iltimos, menga yordam beringlar! Bu yerdan chiqib ketishni istayman. Hujjatlarimni olib qo‘yishgan. Bunday sharoitda ishlay olmayman».
Mas’ul tashkilotlardan ushbu murojaat yuzasidan amaliy yordam kutib qolamiz.
Siz guvohi bo‘lgan voqea-hodisalar xususidagi ma’lumotlarni foto, video, audio va matn ko‘rinishida @migrantxabar manziliga yuboring!
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant (https://t.me/vipmigrantbot) bilan chegarasiz internetga ulaning!