Пост канала «Migrant.uz - Vatandosh ROSSIYA» от 15.06.2026
📊 Rossiya prezidentining maxsus vakili Boris Titov TASS agentligi bilan boʻlgan suhbatda hindistonlik mehnat migrantlari juda sifatli ishlashi haqida gapirgan. Uning soʻzlariga koʻra, hindistonlik ishchilarda tavakkalchilik odati yoʻq. Ular barcha yoʻriqnomalarni qat'iy bajarishga oʻrgatilgan va bu ularning Dubayda ish tajribasiga ega boʻlganidan ekan.
📄 Hozirgi vaqtda Tojikiston Rossiya uchun ishchi kuchining asosiy manbai boʻlib qolmoqda. Maxsus vakil MDH mamlakatlaridan kelganlar bilan Rossiya kompaniyalariga hozircha til topishish osonroq ekanini ta'kidladi, chunki ularning fikrlash tarzi ruslarnikiga oʻxshash. Biroq Rossiya boshqa davlatlar bilan aloqalarni kengaytirmoqda.
▪️ Oʻtgan yilning oxirida Boris Titov 2026-yilda Rossiyaga Hindistondan kamida 40 ming mehnat migranti kelishi mumkinligini aytgan edi. 2025-yil uchun Rossiya hukumati viza rejimi joriy etilgan davlatlar uchun deyarli 235 ming oʻrin darajasida kvota belgilagan edi. Ushbu hajmning taxminan 30 foizi, ya'ni 71,8 ming oʻrin aynan Hindistondan keladigan ishchilar boʻldi.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!