Пост канала «Migrant.uz - Vatandosh ROSSIYA» от 15.06.2026
💬 Xorijda yashayotgan yoki chet elga safar qilishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun konsullik xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi rasmiy mobil ilova ishga tushirildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qildi.
📇 Yangi mobil ilova orqali fuqarolar konsullik masalalarini tezkor hal qilishlari hamda zarur ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil qurilmalari orqali olishlari mumkin.
📊 Ilovada O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining yagona ma’lumotlar bazasi jamlangan. Foydalanuvchilar elchixonalar va konsulliklarning manzillari, aloqa ma’lumotlari hamda joylashuvi haqidagi dolzarb axborotni olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, ular o‘zlari turgan mamlakat yoki hudud qaysi konsullik okrugiga tegishli ekanini ham aniqlashlari mumkin.
Loyihaning dastlabki bosqichida ilova orqali O‘zbekistonga qaytish uchun sertifikat rasmiylashtirish, shuningdek vaqtinchalik yoki doimiy konsullik ro‘yxatidan o‘tish xizmatlari ko‘rsatiladi.
💬 Ma’lum qilinishicha, kelgusida elektron xizmatlar turi bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi.
Platformaning muhim afzalliklaridan biri anketa va arizalarni avtomatik to‘ldirish tizimi hisoblanadi. Zamonaviy raqamli yechimlar joriy etilgani sababli hujjatlardagi majburiy maydonlarning qariyb 80 foizi avtomatik ravishda to‘ldiriladi. Bu esa hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtining qisqarishiga va murojaat yuborish jarayonining soddalashishiga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, mobil ilovada O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijiy davlatlarning viza talablari haqida ma’lumot beruvchi maxsus axborot bo‘limi ham mavjud. Hozirda mazkur xizmat sinov rejimida ishlamoqda va u muntazam ravishda yangilanib, dolzarb ma’lumotlar bilan boyitib borilmoqda.
MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇
https://max.ru/migrantuz
🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning!