«𝗠𝗩𝗗»𝗴𝗮 𝘆𝗮𝗻𝗮𝗱𝗮 𝗸𝗼‘𝗽𝗿𝗼𝗾 𝘃𝗮𝗸𝗼𝗹𝗮𝘁 𝗯𝗲𝗿𝗶𝗹𝗶 𝘁𝗮𝗸𝗹𝗶𝗳 𝗾𝗶𝗹𝗶𝗻𝗺𝗼𝗾𝗱𝗮 Rossiya hukumati Davlat Dumasiga mehnat migratsiyasi sohasidagi ba’zi vakolatlarni Ichki ishla…
Rossiya hukumati Davlat Dumasiga mehnat migratsiyasi sohasidagi ba’zi vakolatlarni Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazishni taklif qiluvchi qonun loyihasini taqdim etdi.
Hujjatga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi chet el fuqarolariga Rossiyada ishlashga ruxsat beriladigan kasblar va lavozimlar ro‘yxatini mustaqil ravishda tasdiqlashi mumkin bo‘ladi.
Vazirlikka shuningdek, quyidagilarni aniqlash huquqi beriladi:
• malakali xorijiy mutaxassislarga Rossiyaga qaysi kasblar bo‘yicha kelishga ruxsat berish;
• migrantlarga ruxsatnoma yoki patent berilgan mintaqadan tashqarida ishlashga ruxsat beriladigan holatlar.
Shu tariqa Rossiya migratsiya siyosatini qat’iylashtirishda davom etmoqda.
Davlat Dumasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvaridan martigacha migrantlarga berilgan 8000 dan ortiq «VNJ» bekor qilingan. Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodinning aytishicha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 90% ko‘p.
2024-yildan beri Rossiya allaqachon bir nechta yangi migratsiya qonunlarini qabul qilgan. Xususan, rasmiylar soxta nikohlarni tekshirishni kuchaytirdi, agar hujjatlar noqonuniy ravishda olingan bo‘lsa, «VNJ» va «RVP»larni bekor qilish ko‘paydi.
Deputatlar hozirda yangi cheklovlarni muhokama qilmoqda. Takliflar orasida yiliga 10 oydan kam rasman ishlaydigan migrantlar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomalari va yashash ruxsatnomalarini bekor qilish ham bor.