𝟵-𝗺𝗮𝘆 𝗸𝘂𝗻𝗶 𝗠𝗼𝘀𝗸𝘃𝗮𝗱𝗮 𝗺𝗼𝗯𝗶𝗹 𝗶𝗻𝘁𝗲𝗿𝗻𝗲𝘁 𝗼‘𝗰𝗵𝗮𝗱𝗶 Gʻalaba kuni tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish paytida aloqa cheklovlari joriy etilmoqd…
Gʻalaba kuni tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish paytida aloqa cheklovlari joriy etilmoqda. Telekommunikatsiya operatorlari va shahar xizmatlari allaqachon aholini mumkin bo‘lgan uzilishlar haqida ogohlantirgan. Muammolar nafaqat shahar markazida, balki shaharning boshqa hududlarida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Moskva 5-may kuni ham internetda jiddiy uzilishlar bo‘lgan edi. O‘sha kuni ko‘pchilik mobil internet, navigatsiya qurilmalari va ba’zi onlayn xizmatlarda vaqtinchalik uzilishlar bo‘ldi. Odamlar taksini chaqirishda, terminal orqali to‘lovlarni amalga oshira olmaslik yoki bank ilovalarini ocholmayotganliklaridan shikoyat qilishgandi.
Mutaxassislar bu choralarni xavfsizlik muammolari bilan bog‘laydi. Ommaviy tadbirlar paytida rasmiylar dronlar va boshqa potensial tahdidlar bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga harakat qilmoqchi. Shuning uchun mobil internet xizmati bir necha soat davomida cheklanishi yoki butunlay o‘chirib qo‘yilishi mumkin.
Uzilishlar tufayli taksi ilovalari, oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari, skuter va velosiped ijarasi, navigatsiya qurilmalari, bank xizmatlari va mobil pul o‘tkazmalari to‘g‘ri ishlamasligi mumkin. Ba’zi do‘konlar va kichik kafelar ko‘chma terminallardan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishda muammolarga duch kelish ehtimoli bor. Shu bilan birga, uy interneti va Wi-Fi odatdagidek ishlaydi.
Ushbu kunlarda ayeroport yoki temir yo‘l vokzaliga borishni rejalashtirganlar mobil internesiz marshrutni tekshirish, elektron chipta olish, haydovchi bilan bog‘lanish yoki tezda taksi chaqirish qiyinlashishi mumkin. Ulanishdagi muammolar kuryerlar, haydovchilar va mobil ilovalar orqali pul ishlaydigan odamlarning ishiga ham ta’sir qiladi.
Mutaxassislar mumkin bo‘lgan cheklovlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qiladi. Shaharning oflayn xaritalarini oldindan yuklab olish, chiptalar va muhim hujjatlarni skrinshot qilish, kerakli telefon raqamlarini yozib olish va qarindoshlarini xizmat ko‘rsatishdagi uzilishlar haqida ogohlantirish tavsiya qilinmoqda. Shuningdek, karta yoki bank o‘tkazmasi orqali to‘lovlar ishlamay qolishi ehtimolidan naqd pul olib yurish yaxshiroq.
9-may kuni Moskva bo‘ylab sayohat qilishni rejalashtirganlarga ertaroq chiqib ketish va oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi. Uyda telefon va powerbankni to‘liq zaryadlab olish maqsadga muvofiq. Iloji bo‘lsa, uyda, metroda, savdo markazlarida yoki kafelarda Wi-Fi ga ulaning.